Abstract:
Maqolada revmatoidli artrit o‘tkazgan bemorlarning hayot sifatining psixologik
tahlili keltirilgan. Revmatoidli artrit kasalligi inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi, bemor
hayoti tubdan o‘zgartirib yuboradigan jiddiy kasallik hisoblanib, u bevosita hayot sifatiga ta’sir
qiluvchi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada kuzatish, suhbat metodlari, E.John,
D.Cathy «SF-36 – Hayot sifatini baholash» metodikasidan foydalangan holda artrit o‘tkazgan
bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari matematik – statistik tahlil qilindi