Abstract:
Maqsad: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda golimumab bilan olib borilgan kompleks terapiyaning bo‘g‘im destruksiyasiga ta’sirini o‘rganish. Material
va usullar: hozirgi kun zamonaviy tibbiyotida RA ni davolashda shu kungacha ma’lum bo‘lgan bazis yallig‘lanishga
qarshi preparatlar bilan bir qatorda, yangi gen injeneriyasi usullari bilan ishlab chiqilgan dori vositalarining
ham ahamiyati sezilarli darajada oshib bormoqda. Natijalar: bunday preparatlar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ularning kasallik faolligiga ta’siri
yuqori va shuning bilan bir qatorda, inson organizmiga
salbiy ta’siri kamroq. Shunday dori vositalaridan biri golimumab bo‘lib, maqolada RAli bemorlarda golimumab
bilan olib borilgan kompleks davoning bo‘g‘im destruksiyasiga ta’siri o‘rganiladi. Xulosa: izlanishlar natijasi
shuni ko’rsatadiki, kasallik erta aniqlab, zamonaviy davo
choralarini erta olib borish kasallikni uzoq vaqtli remissiyaga olib kelishi mumkin.