Abstract:
Revmatoid artrit – keng tarqalgan autoimmun revmatik kasallik bo‘lib,
progressiyalanuvchi bo‘g‘imlarning destruktiv zararlanishi, surunkali og‘riq, funksional buzulishlar
va sistemali jarayonlarning o‘sib borishi, hayotga jiddiy xavf solishi bilan xarakterlanadi. Aholi orasida
tarqalish darajasi o‘rtacha 0.5-1% ni tashkil etadi. Ayniqsa, 35-55 yosh orasida uchrash ehtimoli yuqori
boʻlib, bu insonning ayni faol mehnat davridagi toʻgʻri keladi. Kasallanish ayollar orasida erkaklarga
nisbatan 3 marta koʻproq kuzatiladi. Har yili 100000 aholi nisbatiga olinganda 5 kishidan 50 kishigacha revmatoid artrit bilan kasallandi. 2010 –yilning o‘zida butun dunyo bo‘yicha 49mingga yaqin inson
shu kasallik tufayli vafot etgan. RA da boʻgʻim zararlanishi bemorlarda noprofessional va professional
faoliyatni izdan chiqarib, koʻp hollarda nogironlik olib keladi, hayot sifatini sezilarli pasayishi va hayot
davomiyligi qisqarishiga sabab boʻladi. Hozirgi kunda zamonaviy bazis vositalarning ishlab chiqarilishi
va ularning kombinatsiyalangan holda ishlatilishi bemorlarda hayot sifatini yaxshilanishiga, asoratlarning sezilarli kamayishiga olib keldi. Shunday preparatlar sirasiga gen injeneriyasi usullari bilan ishlab
chiqilgan alfa oʻsma nekrozi omillari ingibitorlarini kiritishimiz mumkin.