Abstract:
Ankilozlovchi spondilit (AS) - spondiloartritlar (SpA) guruhiga kiruvchi, ko‘pchilik holatlarda patologik jarayonga entezislar va periferik bo‘g‘imlarning jalb qilinishi va potensial oqibati
ankilozga aylanishi bilan ifodalanadigan, umurtqa pog‘onasi va tos-son bo‘g‘imi zararlanishi bilan
kechuvchi surunkali yallig‘lanish kasalligi. Ko‘pchilik revmatologik kasalliklarni davolash asosida
yotuvchi surunkali immun-yallig‘lanish jarayoni faolligini pasaytirishda ishtirok etuvchi O‘NO-α
ingibitorlari, nafaqat kasallikning klinik kechishini va bemorning umumiy ahvoli yaxshilanishi,
balki kasallik patogenezining birlamchi bo‘g‘inlaridan ta’sir ko‘rsatish orqali uning faolligini pasaytirish hususiyatiga ega.