Abstract:
Maqsad: 2 tur qandli diabet bilan og’rigan bemor- larda diabetik nefropatiya rivojlanishida klotho omilin- ing ahamiyatini o’rganish. Material va usullar: buyrak funksiyasi normal yoki o’rtacha darajada kamaygan 33 erkak va 87 ayol, jami 120 bemor tekshirildi. Natijalar: surunkali buyrak kasalligining dastlabki bosqichlarida di- abetik nefropatiya bilan og’rigan bemorlarda klotho omil darajasi nazorat darajasidan past bo’ladi va glomerulyar filtratsiya tezligining pasayishi bilan pasayish davom et- moqda. Xulosa: diabetik nefropatiya fonida rivojlangan surunkali buyrak kasalliklarini erta tashxislashda klotho oqsilining ahamiyati aniqlandi