Abstract:
Maqsad: 2 tur qandli diabetda rivojlangan surunka- li buyrak kasalligini erta tashxislashda klotho va sistatin C ning ahamiyatini o’rganish. Material va usullar: tadqiqotda buyrak funksiyasi norma yoki o’rtacha darajada kamaygan 2 tur qandli diabet bilan og’rigan 120 bemor va nazorat guruhi- dagi 20 bemordan qon tahlillari olindi. Natijalar: tadqiqot natijalariga ko’ra, surunkali buyrak kasalligining dastlabki bosqichida diabetik nefropatiya bilan og’rigan bemorlarda, sistatin C miqdori nazorat guruhiga qaraganda yuqori. Klohto miqdori nazorat guruhiga nisbatan past bo’ladi va buyrak koptokchalari filtratsiyasi tezligi kamayishiga mos ravishda klotho miqdori ham kamayadi. Xulosa: bizning tadqiqotimiz shuni ko’rsatadiki, bu oqsillar diabetik nefropatiya fonida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashda muhim ahamiyatga ega.