Abstract:
Tizimli qizil yuguruk (TQY) – ichki a’zolarning avj olib
boruvchi zararlanishi va uning natijasida hayot sifatining pasayishi hamda jiddiy
oqibatlar bilan yakunlanuvchi immun-yallig‘lanish bilan kechuvchi revmatik
kasallik hisoblanadi. Qator tadqiqotlarda, tizimli kasalliklarda hayot
davomiyligining pasayishiga qon tomirlarning aterosklerotik shikastlanishlari
sababli yuzaga keladigan kardiovaskulyar asoratlar ekanligi o‘z tasdig‘ini
topgan.