Abstract:
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi revmatologiya bo‘limida 65 yoshgacha bo‘lgan yurak xastaligi bo‘lmagan, idiopatik ankilozan spondilit
bilan kasallangan 60 nafar bemor tekshirildi. Barcha bemorlarga AS tashxisi qo’yilgan. 58 nafar erkak (96,6%), 2 nafar ayol (3,4%). O’rtacha yoshi 31,5 yil. Natijalar: ritm va o’tkazuvchanlikning buzilishi 34 (56,6%), aorta va yurak klapanlaridagi o’zgarishlar - 30 (50%). Asosiy patologiya aorta ildizining qalinlashishi va / yoki kengayishi va aorta qopqog’i varaqlarining qalinlashishi edi. Ko’p hollarda ASda
aorta qopqog’ining shikastlanishi aniq klinik belgilarsiz sodir bo’ladi va ekokardiyografiya yordamida aniqlanadi. Xulosa: ankilozan spondilit bilan og’rigan bemorlarda ko’pincha ar-
terial gipertenziya va yurak shikastlanishi kuzatiladi.