Abstract:
Sog‘liqni saqlashni boshqarish jarayoniga jalb etilgan sog‘liqni saqlash
tizimi rahbarlari va ma’murlari uchun menejmentning asosiy konsepsiyasini tushunish, uni
qo‘llash uslubi muhim ahamiyatga ega. Kasalxonaga yotqizish vaqtini ka- maytirish,
davolash qiymatini pasaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar va davlat ajratmalarining
kamayishi, tibbiy xizmatlar qiymatida qarorlar qabul qilishni to‘la anglashi lozim bo‘lgan
sog‘liqni saqlashning barcha bo‘g‘inlari, undagi barcha xodimlarning faol ishtirokini talab
etadi. Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini qayta qurishning muhim tomonlaridan biri
mutaxassis rahbar xodimlar tayyorlash masalasi hisoblanadi. Bu maqolada siz sog‘liqni
saqlash menejmentining boshqaruv usullari, qaror va rejalari va jamiyatda tutgan o‘rni bilan batafsil tanishasiz.