Abstract:
Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillaridagi tub va
yasama antroponimlar qiyoslandi. Har ikkala tildagi kishi ismlarining
tuzilishi misollar yordamida tahlilga tortilgan. Antroponimlar ism, familiya, sharif, taxallus, laqab
kabilarni o‘rganuvchi sohadir. O‘zbek va turk antroponimlarini qiyosiy tadqiq qilish tilshunoslikda ilmiy
izlanishlar uchun zamin bo‘la oladi