Abstract:
O‘quv qo‘llanmaning maqsadi tinglovchilarga bepushtlikning turli ko‘rinishlarida yordamchi reproduktiv texnologiyalar turlarini qo‘llash, YoRTga ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash, davolash uchun bemorlarni tanlash va YoRTni qo‘llashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar diagnostikasini o‘rgatishdan iborat. O‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan bilimlarni nazorat qilish shakllari amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmasi yordamchi reproduktiv texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirishga kelgan tinglovchi akusher-ginekolog shifokorlar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek o‘quv qo‘llanmadan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari magistratura talabalari, klinik ordinatorlar va talabalar ham foydalanishlari mumkin.