Abstract:
Tadqiqot maqsadi: eksperimental tadqiqotlarda qandli diabetda o‘pka tomirlarida
gistologik va morfologik o‘zgarishlar dinamikasini va ularning nafas olish tizimining
holatiga ta’sirini o‘rganish. Tadqiqot material va usullari: Tadqiqotimiz eksperimental
material ustida olib borildi 150-170 g og‘irlikdagi 57 ta oq zotsiz kalamushlarga 1 kg tana
vazniga 150 va 250 mikron dozada alloksan tetragidratning qorin bo‘shlig‘iga eritmasini
kiritish orqali diabetning eksperimental modeli (QD 2 turi) chaqirildi Alloksan kunlik
ochlikdan keyin qo‘llanildi Qon glyukoza darajasi oldindan aniqlandi Qon quyruq
venasidan olindi va glyukoza darajasi 60, 90-kunlarda aniqlandi Tajriba uchun sog‘lom
kalamushlar tanlab olindi Tajribaviy tadqiqotimizda sifatida gistologik, morfometrik,
biokimyoviy, statistik usullardan foydalanildi.