Abstract:
Hozirda ko‘p marta o‘tkazilgan tajribalar va klinik tekshirishlar asosida glomerulonefrit(GN)ning immunopatologik jarayonlar rivojlanishidagi asosiy o‘rni haqidagi aniq tasavvur shakllandi. Buyrak to‘qimasining zararlanishini keltirib chiqaruvchi ikki asosiy immunologik reaksiya turi ajratiladi: 1) autoimmun yoki anti-GBM-antitelo
mexanizmi; bunda immun komplekslar GBMning maxsus antitelo va antigenlaridan hosil bo‘lgan. 2) IKGN; bunda (faoliyati ko‘rsatilayotgan) buyrak koptokchalarining hududida joylashgan immunokomplekslar tarkibiga koptokchalardan tashqari joylashgan antigen va antitelolar kiradi. SHu mexanizmlarni namoyon qilish asos qilib olingan