DSpace Repository

Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindezaminaza (ADA) fermentining ahamiyati

Show simple item record

dc.contributor.author Abdugapparov F.B, Parpiyeva N.N
dc.date.accessioned 2024-09-21T09:19:44Z
dc.date.available 2024-09-21T09:19:44Z
dc.date.issued 2024
dc.identifier.uri http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11650
dc.description.abstract Ushbu tadqiqotning maqsadi tuberkulyoz plevriti (TP) bilan og‘rigan bemorlarning plevra suyuqligidagi va qon zardobidagi ADA fermenti faolligini o‘rganish bo‘ldi. 2022-yil fevraldan 2022-yil oktabrgacha Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi klinikalarida 80 nafar bemorning plevra suyuqligi va qon zardobi tekshirildi. Ularning barchasi 2 guruhga bo‘lindi - (1) TP bilan, (2) tuberkulyoz bo‘lmagan etiologiyali plevrit. 1-guruhdagi bemorlarda plevra suyuqligi va qon zardobida ADA 2-guruhdagilarga qaraganda yuqori edi. 1-guruhda plevra suyuqligidagi ADA miqdori 2-guruhga nisbatan 3,2 baravar yuqori ekanligi kuzatildi (mos ravishda 46,6 va 14,4) va qon zardobida 5,5 baravar yuqori (mos ravishda 25,3 va 4,5). Tuberkulyozli ekssudativ plevritning diagnostikasi qiyin muammodir. Noan’anaviy testlar orasida ADA va IFN-g eng yaxshi sezuvchanlik va o‘ziga xoslikka ega, ammo ular plevra yallig‘lanishining biomarkerlari bo‘lib, etiologik agentni tasdiqlamaydi. Boshqa yangi testlar va biomarkerlar uchun cheklangan ma’lumotlar mavjud. Umumiy tibbiyot tarmog‘ida shifokorlarning ftiziatrik hushyorligiga muhim o‘rin berilishi kerak. ADA fermentini ahiqlash usuli qo‘shimcha tekshirish usuli bo‘lib, bajarish oson va qimmat uskunalar va reagentlarni talab qilmaydi. Natijani 2 soat ichida olish mumkin. en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher Toshkent en_US
dc.relation.ispartofseries УДК;616 - 002.5: 616.25 - 002.5: 615.355 - 07
dc.subject tuberkulyoz, tuberkulyoz plevriti, ADA, tashxislash. en_US
dc.title Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindezaminaza (ADA) fermentining ahamiyati en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account