Abstract:
Ushbu muddat keksa bemorlarda (60 yosh va undan kata) yosh va o’rta yashar bemorlarga nisbatan qisqaroq [5]. COVID-19 kasalligining boshlanishida eng keng tarqalgan alomatlaridan isitma, yo'tal va charchoq paydo bo'ladi boshqa alomatlar kamroq uchraydi va quyidagilarni o'z ichiga oladi: balg'am ajralishi, bosh og'rig'i, qonli balg’am ajralishi, diareya, nafas qisilishi va limfopeniya. Ko'krak qafasi organlarining kompyuter tomografiyasi (KT) ma'lumotlari pnevmoniya deb baxolanadi, bir-oq qo'shimcha ravishda aniqlandigan O’RDS, o'tkir yurak etishmovchiligi kabi g'ayritabiiy belgilar o'limga olib kelishi mumkin. La-boratoriya ko'rsatkichlari COVID-19 infektsiyasiga chalinganlarda quyidagilarni o’z ichiga oladi: limfopeniya; protrombin vaqtining uzayishi (PT); laktat dehidrogenaza (LDH), alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), D-dimer osishi; ney-trofilyoz; eozinofiliya; C-reaktiv oqsil (CRP) yuqori darajada bo’lishi va troponinlar (shu jumladan yuqori sezuvchanlik troponin). COVID-19 infektsiyasiga chalingan bemorlarda aniqlangan eozinofiliya, past sezgirlik va o'ziga xoslikka ega bo’lib, kichik ijobiy va salbiy munosabatlarga tenglashtiriladi.