Abstract:
Darslikda bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, zamburug 'lar, sodda jonivorlar va boshqa mikroorganizmlar qo'zg'atadigan kasalliklar, ularni bakteriologik, virusologik va immunologik tekshirish usullari bayon etildi. Mazkur darslik umumiy va xususiy qismlardan iborat. Umumiy qismda mikrobiologiya fani va uning vazifalari, mikro-organizmlar tasnifi, nomenklaturasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen
mikroorganizmlarni undirish uchun oziq muhit tayyorlash jarayoni, mikroorganizmlar ekologiyasi va atrof-muhit mikroflorasi, yuqumli kasalliklar kimyoviy terapiyasi va kimyoviy profilaktikasi, molekular biologik asoslari, mikroorganizmlar irsiyati, infeksiya hamda
immunologiya haqidagi ta ’limotga keng o'rin berildi.