Abstract:
Temir tanqislik anemiyasi mikrotsitar, gipoxrom anemiya bo’lib, temirga boy maxsulotlar kam qabul qilish, temir so'rilishining buzilishi, unga bo’lgan ehtiyojning oshishi (homiladorlik, emizish davri, intensiv o'sish davri) yoki qon yo’qotish tufayli organizmda temir tanqisligi paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Temir tanqisligi butun dunyo aholisining 30% ida uchrab, jahon sog’liqni saqlash tashkilotining asosiy muammosiligicha qolmoqda.