Abstract:
Intensiv terapiya bir necha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, birinchi navbatda kompensator harakterga ega b o ‘lgan to‘ldiruvchi va o‘rnini bosuvchi davo muolajalari o‘tkaziladi (nafas yo‘llarining erkin o‘tkazuvchanligini ta’minlash, 0 ‘SV, gemodializ, gemosorbsiya, parenteral oziqlantirish va hokazo). Ikkinchi xususiyati sindromologik harakter kasb etib, davo muolajalari birinchi navbatda bemor hayotiga xavf solayotgan
sindromni bartaraf etishga qaratilgan.