Abstract:
Ushbu darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan bolib, unda talabalar tibbiyotning eng muhim fani hisoblangan anatomiya va morfologiyaga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishadilar. Muallif ushbu darslikda har bir a’zoning, qolaversa anatomik sistemalarning tuzilishini, embrional o‘sishning yosh va jinsga qarab o'zgarib turishini tushunarli va qiziqarli qilib bayon etishga uringan. Kitobda ichki a’zolarning anatomik tuzilishi, ularning qon tomirlar va nervlar bilan qanday qilib ta’minlanganligi yaqqol tasvirlab berilgan.