Abstract:
“Topografik anatomiya” tibbiyotni o‘rganish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadigan fanlardan biri. Zero ushbu fanni o‘zlashtira olmagan talaba malakali shifokor bo‘lishi amri mahol. Mazkur darslik hozirgi vaqtda o‘zbek tilida topografik anatomiya bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarning tanqisligini hisobga olgan holda yozilgan. Amaldagi fan bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan ushbu darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.