Abstract:
Tibbiyot oliy o`quv yurtlari bo‘lajak shifokor shaxsini shakllantiradi, insonparvar va ijodiy kasbni egallashga yordam beradi, mustaqil ijodiy faoliyat qobiliyatini rivojlantiradi. Tibbiyot oliy o`quv yurtlarida kredit-modul tizimining zaruriy sharti mustaqil ishni to'g'ri tashkil etishdir. Tibbiy biologiya va genetika fani bo`yicha talabalarning mustaqil ishlari ikki shaklda: auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil shaklda olib boriladi. Auditoriyadan tashqari ishlarda talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun mavzular darsliklarda to'liq belgilangan. O'z-o'zini nazorat qilish uchun talaba darsning har bir mavzusi bo'yicha vaziyatli masalalar yechadi, ochiq va yopiq test savollariga javob beradi. Talaba ish daftaridagi mustaqil ta'lim jarayonida uning oldiga qo`yilgan har bir alohida mavzu bo'yicha shartlarni to`liq to'ldirishi kerak