Abstract:
Hozirgi zamon talablariga mos, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini
o‘zlashtirgan, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni ta’lim tizimiga tatbiq eta oladigan
o‘qituvchidan endilikda (milliy dastur) talablariga xos yangicha yondoshuv, yangicha metodika va
yangicha kasb mahorati talab qilinadi. Uzoq yillar davomida umumiy va kasb ta’limi tizimidagi
ta’lim jarayoni "bilim - ko‘nikma - malaka" didaktik uchligiga muvofiq deduktiv asosda
qurildi.Bunda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga qaratildi va bu orqali amaliy ko‘nikma va
malaka talablari o‘zlashtirilishi mumkin, deb qaraldi. Ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni esa
uzoq, ko‘p takrorlashni talab qiladi. Shuning uchun, talaba uchun o‘ziga xos mahoratni
shakllantirish jarayonida o‘qituvchi ishining muhim jihati- bu ta’lim jarayonini doimiy kuzatish,
ko‘nikma to‘g‘ri shakllantirilishi uchun zarur tuzatishlar kiritish, takroriy takrorlash jarayonida
xatolar takrorlanmasligi va eng asosiysi, xatolar aniqlanmasligini aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun bu ma’noda hozirda simulyatsion ta’limning o‘rniga alohida e’tibor
qaratilmoqda.