Abstract:
Ushbu tavsiyalarning maqsadi gastroenterologlar va umumiy amaliyot shifokorlari uchun qat'iy metodologik yondashuvga asoslangan SP diagnostikasi va davolash amaliy ko‘rsatmalarni berishdir. Nur diagnostikasi usullarini qo‘llash va molekulyar biologiyani rivojlantirish orqali SP ning o‘ziga xos shakllari tasvirlangan, ya'ni: autoimmunpankreatit [20, 28, 36, 38], paraduodenal pankreatit va gen mutatsiyalari bilan bog‘liq pankreatit. Biroq, hozirgi vaqtda ularning ta'rifi va davolash bo‘yicha xalqaro shartnomalar mavjud emas. Shu sababli kasallikning ushbu o‘ziga xos shakllariga oid batafsil qoidalar ko‘rib chiqilmagan.