Abstract:
Antibiotiklarga chidamlilik bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotimiz
natijalariga ko’ra ma’lum bo’ldiki, osteomielit kasalliklarida ajratib olingan
bakteriyalar shtammlarini antibiotiklarga sezgirligini o‘rganish, kasalliklarning
asosiy ratsional davolashda muhim ahamiyat kasb etib, antibiotiklarni samarali
qo‘llashda asosiy omil hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar haqida olingan ma’lumot
va ularni antibiotiklarga sezgirligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish va davolashda
qo‘llash, bemorlarni statsionarda davolanishini qisqartirishdan tashqari,
kasalliklarni surunkali shakllarga o‘tishini ham oldini oladi. Shunday qilib,
surunkali osteomielitni davolashda tanlov dori vositalari bo’lib levofloksatsin,
Sefaperazon+sulbaktam, tetrotsiklin va augmatin hisoblanadi.