Abstract:
Odam anatomiyasi tibbiyotning fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. U talabalarni bo‘lajak mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun zamin yaratadi. Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavriyat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha davolash ishi (60910200), pediatriya ishi (60910300), tibbiy profilaktika ishi (60910400), stomatologiya (60910100), tibbiy biologiya ishi (60910600) va xalq tabobati (60911100) fakultetlarining o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Shuningdek, undan tibbiyot texnikumlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.