Abstract:
So'nggi o'n yilllarda yurak ishemik kasalligi (YuIK) mehnatga layoqatli aholi orasida o'limning asosiy sababi bo'lib qolmoqda. Epidemiologik ma’lumotlarga ko:ra yurak qon tomir kasalliklari o'limning 20-42% ni tashkil etadi. Bulardan 51% yurak ishemik kasalliklariga to'g’ri keladi[lJ.Ayniqsa, S-T elevatsiyali o'tkir koronar sindromli bemorlarda tezkor tashhis qoTyish, aniqlash va to’g’ri lanlangan reperfusion davolash usullari kasallik asoratlarini hamda o’lim holatini kamaytirishga hizmat qiladi. Ushbu maqolada S-T elevatsiyali o’tkir koronar sindrom bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy davolash usullari keltirilgan. O'tkir koronar sindromni davolash doimiy ravishda takomillashmoqda, eng samarali va xavfsiz usullarini izlash davom etmoqda. Kalit so'zlar: O'tkir koronar sindrom, koronaroangioplastika, reperfuziya, trombolitik terapiya.