Abstract:
Ichakning yallig‘lanishli kasalliklari, shu jumladan NYAK ham, yaqin vaqtgacha faqat sanoati rivojlangan mamlakatlarga xos kasallik bo‘lib, uning uchrashi xar 100000
axoliga 30-120 kishidan to‘g‘ri kelgan va ularning o‘rtacha yoshi 20-40 yoshni tashkil qilgan. Sunggi yillargacha O‘zbekistonda nospetsifik yarali kolitli bemorlarning alohida xisobi olinmagan. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazining gastroenterologiya bo‘limida so‘nggi 2 yil mobaynida klinik va instrumental tekshiruv natijalariga ko‘ra 78 bemorga NYAK tashxisi birinchi marta qo‘yilgan. Ulardan 40 nafari erkak va 38 nafari ayollar bo‘lgan. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 35,9 + 5,5 ni tashkil etdi (17 dan 61 yoshgacha). Turli tibbiyot tashkilotlariga birinchi marta murojaat qilinganidan to aniq tashxis qo‘yilgan vaqtgacha bo‘lgan o‘rtacha davr, bemorning yashash joyiga bog‘liq holda, 1 yildan
4 yilgachani tashkil etdi. Agar Toshkent shahrida yakuniy tashhis qo‘yish davri 1-2 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, boshqa joylarda 2-4 yilni tashkil etdi