Abstract:
Bolalarda oshqozon-ichak trakti (OIT) surunkali kasalliklarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularning komorbid kechishidadur. Allergik kasalliklar va ovqat xazm qilish tizimi o'rtasidagi bog'liqlik aloxida qiziqish uyg'otadi. Turli xil allergenlar tomonidan qizilo'ngach, oshqozon va ichakning shilliq pardalarida bevosita allergik shikastlanish, oshqozon-ichak traktining epitelial to'sig'ining allergenlar uchun o'tkazuvchanligi oshishi bilan boshqa organlarning shikastlanishi va bir vaqtning o'zida mahalliy yallig'lanish rivojlanishi mumkin deb taxmin qilinadi. Oshqozon shilliq qavati boshqa ovqat hazm qilish organlaridan
oldin kiradigan allergenlar bilan aloqa qilganligi sababli, bu allergik kasalliklar va OIT patologiyasining kombinatsiyasi bugungi kunda tadqiqotchilarning e'tiborini tortadi.