Abstract:
Oxirgiyigirmayillik davomida aholi orasidayurak-qon tizimi kasalliklaridan o'lim ko'rsatkichi sezilarli darajada
kamayishiga qaramasdan, surunkali buyrak kasalligi (SBK) natijasida yurak qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallanish
va o'lim ko'rsatkichi sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu guruh bemorlarda xavf omillari va asoratlar
mavjudligiyurakyetishmovchiligi oshib borishiga olib keladi. Buyrak disfunksiyasi darajasi, koptokcha filtratsiya tezligi
kamayishi, mikroalbuminuriya darajasi, umumiy o'lim xavfi va boshqayurak - qon tomir kasalliklari o'rtasidagi
bog'liqlik borligi xozirgi kunga qadar o'rganilmoqda. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan bemorlar orasida
buyrak patologiyasining tarqalishi 10-13% ni tashkil qiladi va yuqori xavf darajasini 20% ga oshishiga olib keladi.
So'ngiyillarda gipertoniya va qandli diabet kasalliklari bilan kasallangan bemorlar soni ortishi hisobiga surunkali
buyrak kasalliklarining kelib chiqishi ham oshib bormoqda.