Abstract:
Poliangiitli granulomatoz (PAG) (Wegener) - bu tizimli vaskulitlar guruhiga kiruvchi kasallik bo’lib, u yuqori nafas yo’llari, o’pka va buyraklarning ustun shikastlanishi bilan nekrozlovchi granulomatoz yallig’lanish va mayda tomirlarning nekrotik vaskulitlari bilan tavsiflanadi. Tadqiqotga PAG tashxisi qo’yilgan 18 yoshdan 71 yoshgacha bo’lgan 60 nafar bemor (29 erkak va 31 ayol) kiritilgan. Tekshiruvdan o’tgan bemorlarning o’rtacha yoshi 41,0 ± 1,9 yoshni tashkil etdi. PAG diagnostikasi 2012 yilda Chapel Hill konferentsiyasida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq, shuningdek, Amerika revmatologiya kollejining (ACR) 1990 yildagi 4 mezonidan kamida 2 tasi mavjudligi
asosida o’rnatildi. PAG tashxisini tasdiqlash uchun 60 ta bemorda biopsiya o’tkazildi: burun shilliq qavati yoki paranasal sinuslar - 57 bemorda, xiqildoq - 2 kishida, orbital
biopsiya - 2ta, o’pka - 5 bemorda. Tashxis qo’yguncha bo’lgan davr o’rtacha 14,6 ± 2,1 oyni tashkil etdi.