Abstract:
Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarni dori bilan ta’minlashning ilmiy asoslangan maqsadga muvofiqligi va bunday tashxis qo‘yilgan
mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarga birlamchi tibbiy yordamni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘nalishlar, ya’ni asossiz
kasalxonaga yotqizishni nazorat qilish, kunduzgi shifoxonalarni rivojlantirish, AG bilan og‘rigan bemorlarni qo‘shimcha dori bilan ta’minlashni
rivojlantirish davolanishga izchil rioya qilishni, tibbiy yordamning samaradorligi, bemorlarning hayot sifati oshiradi va ushbu toifadagi
bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradi. Asoratlanmagan AG bilan og‘rigan bemorlar uchun tibbiy yordamning qulay
bo‘lishi arterial gipertenziyaning yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish xavfi kamaytiradi. Yuqorida qayd etilganlar mahalliy farmasevtika
zavodlariga antigipertenziv ta’siri jihatidan boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan dori vositalaridan kam bo‘lmagan dorilarni ishlab chiqarish
imkonini berdi