Abstract:
Annotatsiya
Jamoaviy sport turlaridan biri – futbol terminologiyasining morfologik-sintaktik tuzilishi keltirilgan. Futbolning inglizcha
terminologiyasining strukturaviy xususiyatlari, atama yasashning mahsuldor usullari, atamal arni konseptual va tematik bloklar
bo‘yicha tasniflash til vositalari orqali so‘zlashtirilgan ma’lum hajmdagi ma’lumotlarni yetkazuvchi kognitiv hodisa sifatida tahlil
qilinadi. Strukturaviy tahlil atama shakllanishining eng samarali usullari va modellarini aniqlashga yordam beradi, bu nafaqat
yangi atamalarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, uning shakli va ma’nosi o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, balki har
qanday atama tizimining keyingi rivojlanishini bashorat qilish imkonini beradi. Futbol terminologiyasida umumiy adabiy tilning
barcha so‘z yasalish usullarini kuzatish mumkin bo‘lib, bu guruh sport terminologiyasi lug‘atdan funksional prinsipiga ko‘ra
farqlanadi.