Abstract:
O‘quv qo‘llanmada mavzularni yoritishda homiladorlik va tug‘ruqni boshqarish, chaqaloqlik davri parvarishi, akusherlik patologiyalarining oldini olish va davolashda akusherlik amaliyotida keng qo‘llaniladigan klassik usullar bilan bir qatorda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari ham inobatga olingan. Shuningdek, ginekologik bemorlarni
tekshirish, davolash usullari haqida yetarlicha ma’lumot berilgan. Ushbu qo‘llanma tibbiyot kollejlari o‘quvchilari fanni mukammal o‘zlashtirishlariga yaqindan yordam beradi