Abstract:
Ankilozlovchi spondiloartrit asosan, umurtqa pog’onasining eng ko’p uchrovchi artriti hisoblanadi. Kasallikning
etiologik omillari hanuzgacha noma’lum, patogenetik mexanizmlari haqida turli va hattoki bir-biriga zid fikrlar mavjud. Bugungi kunda, kasallikning patogenezini genlarning
ta’siri orqali o’rganish keng tarqalmoqda. Kasallikka sinergetik ta’sir qiladigan antigenni ishlovchi va immun tizimga
namoyon (prezentatsiya) qiluvchi HLA-B27 va ERAP1 genlari bilan uzviy bog’liqlik mavjud. Tashxisi tasdiqlangan bemorlarning qariyb 93%ida HLA-B27 geni aniqlanadi, ERAP1
geni esa HLA-B27 musbat bemorlarda aniqlanadi xolos. Ushbu maqolada HLA-B27 va ERAP1 genlarining kasallik patogenezidagi roli ko’rib chiqiladi.