Abstract:
So'nggi yillarda kataraktni zamonaviy jarrohlik yo'li bilan davolash usullarining rivojlanishi, operatsion texnik jihozlarning va intraokulyar linza (IOL)larning yangi modellari yaratilishi tufayli katarakta jarrohligi “in office” ya’ni ambulator amalga oshiriladigan operatsiya turiga aylandi. Shuningdek, kataraktani fakoemulsifikatsiya (FEK) davolash metodida inter- va postopertiv asoratlar soni sezilarli darajada kamayishiga qaramasdan katarakta ekstraktsiyasidan keyin o’rtacha 60% gacha uchraydigan patologiyalardan biri gavharning orqa kapsulasi xiralashishi yoki ikkilamchi katarakta hisoblanadi.