Abstract:
Revmatoid artrit (RA) immunologik funksiyaning
o’zgarishi va infeksiya xavfini oshiradigan kasallik bo’lib,
gepatit B virusi va RA o’rtasidagi bog’liqlik hali ham noma’lum. Gepatit B va RA kasalligining patogenezida turli
sitokinlar, shu jumladan, interleykin 6 (IL-6) sitokini ham
ishtirok etishi mumkin. IL-6 184 ta aminokislotadan iborat bo’lib, gen 7p21 xromosomasida joylashgan. Sog’lom
insonlar uchun IL-6ning zardobdagi miqdori juda past
bo’ladi. Biroq, IL-6 miqdori revmatoid artrit, ichak yallig’lanish kasalligi, gepatit B va surunkali yallig’lanish kasalliklarida tartibsiz ravishda oshishi kuzatiladi. IL-6 ham
gepatit B virusi replikatsiyasida va kasallik rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada gepatit B kasalligining rivojlanishida, gepatit B virusi yuqishi va replikatsiyasida IL-6 ning o’rni haqidagi so’nggi tadqiqotlarni
taqdim etish va gepatit B kasalligining rivojlanishi bilan
bog’liq bo’lgan polimorfizmlarni baholashga qaratilgan.