Abstract:
Ushbu monografiya Oliy tibbiy o‘quv yurtlarining talabalari hamda sud tibbiyoti va tibbiyot
huquqi kafedrasi magistrlari uchun mo‘ljallangan. Monografiyada biologik tabiatga ega bo‘lgan ashyoviy dalillar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarning ochishdagi ahamiyati, hodisa sodir bo‘lgan yoki murda topilgan joyda biologik tabiatga ega bo‘lgan ashyoviy dalillarning topish, yig‘ish, o‘rash, tegishli laboratoriyalarga yuborishning tartib-qoidalari, sud-tibbiy ekspertiza tayinllash va o‘tkazishning protsessual asoslari hamda tekshirish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, qon va qon dog‘larining sud-tibbiy tekshiruvi bo‘yicha aniqlangan yangi usullar hamda biologik tabiatga ega bo‘lgan ashyoviy dalillarning sud sitologikva DNK tekshiruvlari to‘g‘risida so‘nggi yillarda to‘plangan ma’lumotlar berilgan.