Abstract:
Antirezus antitаnalar titri bo’lmagan rezus manfiy qonga ega, homiladorlikni tushish
xavfi bilan birga jinsiy yo’llardan qonli ajralma kelishi kuzatilgan 60 ta homiladorlar
kuzatildi. Ulardan asosiy guruhni prenatal profilaktika rejadan tashqari qo'shimcha
rezus immunizatsiya profilaktikasini olgan 31 nafar ayollar tashkil qildi. Taqqoslash
guruhi homiladorlikda jinsiy yo’llardan qonli ajralma kelishi kuzatilgan 29 ayoldan
iborat bo’lib, ular qo'shimcha rezus immunizatsiya profilaktikasini olmaganlar. Jinsiy
yo’llardan qonli ajralma kelgan bemorlarga rezus immunizatsiyaning rejadan tashqari
profilaktikasini o’tkazishda yaxshi natijalarga erishildi - rezus immunizatsiya 100%
holatlarda oldi olindi. Taqqoslash guruhidagi homiladorlarda anti-Rho [D]-antitanalar
titri aniqlandi va dinamikada oshishi kuzatildi.