Abstract:
Dolzarblik Gemoglobinopatiyalar yer yuzida keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra 2006 - yilda aholining taxminan 7% i gemoglobinopatiya tashuvchisi hisoblangan. Har yili bu patalogiyaning og‘ir gomozigotali shakli bilan 300 000 dan - 500 000 gacha tashuvchilar dunyoga keladi va ularning 70% ini o‘roqsimon
hujayrali gemolitik kamqonlik tashkil etadi. Gemoglobinopatiya bilan dunyoga kelgan barcha chaqaloqlardan 60000 - 70 000 tasi talassemiya kasalligi bilan tug‘iladi, ulardan taxminan 50 000 tasi erta yoshlarda vafot etadi