Abstract:
Sun’iy intellekt sekin-asta tibbiyotda inson o‘rnini egallamoqda. Sun’iy intellekt
kechagina yopiq bo‘lib ko‘ringan sohalarda ham insonga yordam bermoqda. Robotlar
bemorlarga qarovchi, yolg‘iz keksa kishilar uchun sherik bo‘lmoqda va tashxis aniqligi hamda jarrohlik operatsiyalari mahorati bo‘yicha malakali shifokorlar bilan raqobatlashmoqda. 2022-yildayoq tibbiyot robot texnikasi bozori 8 milliard dollarga yetishi bashorat qilinmoqda. Unda avtomatlashtirilgan tashxis qo‘yish, xavfni baholash va bemor uchun tegishli muolajani ishlab chiqish eng katta ulushni egallaydi.