Abstract:
"Sitologik tashxisga kirish” o'quv qoʻllamasida hujayralar rivojlanishi, ularning faoliyati, morfologik tuzilishi va xususiyatlari toʻgʻrisida zamonaviy ma'lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda sitologik tekshirishlarning profilaktik va diagnostik tibbiyotdagi ahamiyati, sitologik material bilan ishlashda texnika xavfsizligi, sitologik tekshirish turlari, sitologik tekshirish uchun material olish qoidalari, sitologik materialni tayyorlash, hujayra struktur komponentlari, epitelial toʻqima sitomorfologiyasi toʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan.