Abstract:
Maqolada EKU mavjud homilador ayollarda homilani ko‘tara olmaslik va trofoblastik ß-glikoprotein (TBG) darajasi ortasidagi bog‘liqlik o‘rganildi va baholandi, bu esa ushbu ayollarda homilani ko‘tara olmaslikning klinik oldi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga im kon yaratdi. Eng xavfli ko‘rsatkich bo‘lib trofoblastik ß-1-glikoprotein (TBG) miqdorining keskin va sezilarli pasayishi hisoblandi. Agar TBG ko‘rsatkichi 5 marta yoki undan ko‘p kamaygan bo‘lsa, homilaning o‘z-o‘zidan tushib qolishi ehtimoli 100 foizni tashkil qildi. Agar
TBG ko‘rsatkichi 2-4 martagacha kamaysa, homilaning o‘z-o‘zidan tushib qolishi ehtimoli 30-33 foizni ko‘rsatdi.