Abstract:
Maishiy va ko‘plab sanoat chiqindi suvlari o‘z tarkibida ko‘p miqdordagi organik moddalarni saqlaydi, u tez chirish xususiyatiga ega bo‘lib, turli mikroorganizmlar jumladan patogen bakteriyalarni yalpi rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi, ba’zi sanoat chiqindi suvlari odamlar, hayvonlar va baliqlarga zararli va nobud qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarga ega bo‘ladi. Bularning barchasi aholi uchun jiddiy xavfni tashkil etadi va hosil bo‘layotgan oqova suvlarni turar joy mintaqasi hududidan zudlik bilan chetlashtirishni talab etadi.