Abstract:
Qon tomir demensiyasi muhim tibbiy-ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Qon tomir demensiyasi rivojlanishining xavf omillarini o’rganish maqsadida 55 yoshdan 80 yoshgachabo’lgan qon tomir demensiyasi bo’lgan 45 ta bemorda klinik-neyrovizualizatsion tekshiruv o’tkazildi. Nazorat guruhini Dissirkulator ensefalopatiya II bosqichi fonidagi o’rtacha kognitiv buzilish (O’KB) li 31 ta bemor tashkil etdi. Qon tomir demensiyasi
rivojlanishining prognostik jihatdan muhim xavf omillari 50-59 yoshdaglarda yurak ishemik kasalligi (YIK) va giperlipidemiya, 60-69 yoshda YIK va qandli diabet, 70-79 yoshda giperlipidemiya ekanligini ko’rsatdi. Neyrovizualizatsion tekshiruvlar O’KB li bemorlarda demensiya rivojlanishi bilan miyaning oq moddasida diffuz o'zgarishlarning lokalizatsiyasi va tarqalishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi