Abstract:
SARS-CoV-2 virusi (COVID-19) keltirib chiqaradigan yuqumli
kasalligi ko'pincha yuqumli jarayonning borishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan turli xil
yurak-qon tomir xavf omillari va yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK) mavjud
bemorlarda ham uchraydi. Boshqa tomondan, COVID-19 bilan yurak va qon
tomirlarining qo'shimcha shikastlanishi mumkin, bu yurak-qon tomir asoratlarining
paydo bo'lishiga va yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK)ning kechishining
yomonlashishiga olib keladi. Ushbu maqolada, ushbu kasallilar o'zaro bir-biriga ta'sirlari
haqidagi asosiy faktlarni ko'rib chiqadi.