Abstract:
Maqsad: COVID-19ga qarshi emlangan homilador ayollarda gemostaz tizimining xususiyatlarini о ‘rganishdan iborat bo ‘Idi.
Material va usullar. Tadqiqotga COVID-19ga qarshi emlangan 120 nafar homilador ayollar kiritildi, alar emlash o’tkazilgan muddatga ko‘ra 2ta guruxga bo Hindi: 1 -guruxni 60 nafar homiladorlikni ikkinchi trimestrida emlangan ayollar, 2 -guruxni 60 nafar homiladorlikni uchinchi trimestrida emlangan ayollar tashkil etdi. Taqqoslash guruxini 30 nafar turli sabablarga ko‘ra emlashdan bosh tortgan homilador ayollar tashkil etdi. Emlangan barcha homilador ayollarda gemostaz tizimini tavsiflovchi ко ‘rsatkichlar taxlili о ‘tkazildi.Natijalar. Homiladorlikni uchinchi trimestrida emlangan ayollarda homiladorlikni ikkinchi trimestrida emlangan ayollarga nisbatan emlashdan keyingi 1-sutkasida gemostaz tizimining ko‘rsatkichlarida biroz yuqori miqdor darajasi aniqlandi jumladan, FQTV mos ravishda 36,2±0,17sek va 30,6±0,24 sek, fibrinogen miqdori—6,5±0,14 g/l va 5,3±1,16 g/l, D-dimer-3,1±0,14 mkg/ml va 1,4±0,14 g/l, shuningdek trombotsitlar miqdorining guruxlarda mos ravishda-360,0±0,14 109/l va 358,0±0,27 109/l.gacha pasayishi kuzatildi (r<0,001). Biroq bu o‘zgarishlar emlashdan
keyingi 3 sutkasiga kelib, me’yor ко‘rsatkichlar darajasida aniqlandi.
Xulosa. Emlashdan keyingi davrda homiladorlikni uchinchi trimestrida emlangan ayollarda homiladorlikni ikkinchi trimestrida emlangan ayollarga nisbatan gemostaz tizimining ко ‘rsatkichlarini emlashdan keyingi davrni 1- sutkasiga nisbatan 1,2 baravar, 2- sutkasiga nisbatan 1,0 baravar va 3-sutkasiga nisbatan 1,5 baravarga ortganligi, trombotsitlar miqdorining esa emlashdan keyin sutkalariga mos ravishda 1 baravarga kamayganligi aniqlandi. Biroq bu o‘zgarishlar me’yor ko‘rsatkichlar darajasidan ortmadi, ushbu holat emlashda qo‘llanilgun Gam- Kovid-Vak vatsinasininggemostaz tizimiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaganligidan dalolat beradi.