Abstract:
Maqolada COVID-19 ga chalingan homilador ayollarda fеtoplasеntar disfunksiyasi profilaktikasi va kasallikni davolashda Tivomaks® dorisining klinik samaradorligini baholash masalasi bayon etilgan. Tadqiqotga COVID-19 ga chalingan 150 nafar homilador ayol jalb etilgan. Mazkur prеparatning qo‘llanilishi akushеrlik asoratlarining 2,4 barobarga, pеrinatal asoratlarni esa 2,1 barobarga pasayishiga olib kеlgani va yuqori klinik samaradorlikka ega ekanligi qayd etilgan.