Abstract:
Bachadonichi patologiyasi bilan bog‘liq bepushtlik mavjud 80 nafar ayol tadqiqotga kiritildi, jumladan bachadon bo‘shlig‘i sinexiyasi bilan kasallangan 23 nafar bemor va endometriy polipli 37 nafar ayol tekshirildi, nazorat guruhini reproduktivyoshdagi 20 nafar sog‘lom ayollardan iborat edi. Bachadon bo‘shlig‘ida sinexiya bilan og‘rigan 23 nafar ayolga gisterorezektoskopiya yordamida adgezioliz, 30 nafar ayolga polipektomiya o ‘tkazildi. Gisterorezektoskopiyadan foydalanish bepushtlik sabablarini bir vaqtning о ‘zida tuzatishga yordam beradi, bu esa endometriy patologiya tufayli bepushtlik bilan og‘rigan ayollarning 83,4% homilador bo‘lishga olib keldi.