Abstract:
Maqsad: ayollarda kichik chanoq a’zolari patologiyalari bilan bog‘Iiq bepushtlikni tashxislash va davolashda laparoskopiyaning о ‘m i va samaradorligini baholash.
Materiallar va usullar. Tadqiqotga 120 nafar bepusht ayollar kiritildi. Ulardan 40 nafarida tuxumdonida endometrioidli kista (1-gurux), 40 nafari bachadon naylarini turli qismlarida o‘tkazuvchanligi buzilgan ayollar(2-gurux), 20 nafar bemorda kichik chanoq I-II darajasidagi chandiqii jarayoni (3-gurux) bilan, taqqoslash guruxiga esa 20 nafari bachadon ortiqlarida patologiyasi mavjud ayollar kiritildi. Barcha bemorlarda klinik-laborator, gormonal, transvaginal ultratovush tekshiruvi, xromotubatsiya tekshiruvlari o ‘tkazildi. Laparoskopik jarroxlik amaliyoti "KarlStorz” uskunasiyordamida amalga oshirildi.Natijalar. Bepushtlik bilan operatsiyaga olingan 80 nafar bemorda laparoskopiya paytida kichik chanoq a’zolarining turli xil xamrox patologiyalari aniqlangan, xususan, 40 (50%) ayollarda endometroidli tuxumdon kistalari, 40 (50%) ayollarda bachadon naylari proksimal va fimbriy qismlarida о ‘tkazuvchanligini buzilganligi va 20 nafar bemorda kichik chanoq I-III darajasidagi chandiqii jarayoni aniqlanib ularni laparoskopik jarroxlik usulida davolangan.Xulosa: Laparoskopiyadan foydalanish ayollar bepushtligining sabablari sifatida kichik chanoq a ’zolari bilan qo‘shi/ih kelgan xamrox patologiyalarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi va homilador bo ‘lishlik sahnog‘ini 2,4 barobarga (84,3%) oshiradi.