Abstract:
Barcha oksidlovchi moddalar, birinchi navbatda, PAN va PBN, kuchli tirnash xususiyatiga ega bo‘lib ko‘zning yallig‘lanishiga olib keladi va ozon bilan birgalikda inson organizmida nafas yo‘llarini bezovta qiladi, ko‘krak qafasida alveolalarning torayishiga olib keladi va uning yuqori konsentratsiyalarda bo‘lishi kuchli yo‘talni keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda shaharlarda havoning tobora ortib borayotgan ifloslanishi tufayli surunkali bronxit, emfizem, turli allergik kasalliklar, o‘pka saratoni kabi kasalliklarga chalinganlar soni aholi o‘rtasida muttasil ortib bormoqda. Shuning uchun gigiyenistlarning oldida atmosfera havosini ifloslantiruvchi omillardan saqlash maqsadida tozalash inshoatlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.